Study

For history

  •   0%
  •  0     0     0

  • Yaponiyada XIX asrgacha harbiy texnologiya qanday rivojlangan
    Miltiqlar va to‘plar XVI asrda paydo bo‘lgan, lekin keyinchalik samuraylar an’anaviy qurollarni afzal ko‘rgan.
  • Xristianlik qachon va qanday tarqalgan
    XVI asrda Yevropalik missionerlar tomonidan olib kelingan
  • Samuraylarning eng muhim qadriyati nima bo‘lgan?
    Sadoqat, jasorat va o‘z joniga qasd qilish (seppuku) odobi.
  • Kabuki va No teatrlarining farqi nimada?
    Kabuki dinamik va dramatik, No esa falsafiy va ramziy bo‘lgan.
  • Edo davrida savdo va hunarmandchilik qanday rivojlangan
    Ichki bozor kengayib, shaharlar savdo markazlariga aylangan.
  • Syogunlar qanday vazifani bajarishgan?
    Ular harbiy hukmdor bo‘lib, haqiqiy siyosiy hokimiyatni nazorat qilishgan
  • Syogunlar imperatorga qanday munosabatda bo‘lishgan?
    Imperator ramziy hokimiyatni saqlab qolgan, lekin amalda syogunlar mamlakatni boshqargan.
  • Yaponiyaning Xitoy bilan aloqalari qanday bo‘lgan?
    Savdo va madaniy almashinuv bo‘lgan, lekin ba’zan harbiy to‘qnashuvlar ham yuz bergan
  • Gollandiyaliklar bilan savdo aloqalari qanday edi?
    Yaponiya faqat Nagasaki yaqinidagi Dejima orolida gollandlar bilan savdo qilgan.
  • Tokugava syogunligi qachon va kim tomonidan asos solingan?
    1603-yilda Tokugava Ieyasu tomonidan asos solingan.
  • Tokugava syogunligi davrida Yaponiya qanday tashqi siyosat olib borgan?
    Yaponiyani tashqi dunyodan yopiqlash (sakoku siyosati) yuritilgan
  • Samuraylar kimlar edi va qanday qoidalarga amal qilishgan?
    Ular harbiy tabaqa vakillari bo‘lib, Bushido kodeksiga rioya qilishgan
  • Perry ekspeditsiyasi nima va Yaponiya uchun qanday ahamiyatga ega bo‘lgan?
    1853-yilda AQSh dengiz floti Yaponiyani tashqi savdoga ochishga majbur qilgan.
  • Shintoizmning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
    Tabiat ruhlariga sig‘inish va ajdodlarga hurmat.
  • Yaponiya qachon Koreyaga hujum qilgan?
    1592 va 1597-yillarda Hideyoshi boshchiligida.
  • Yapon rassomchiligida qaysi uslub mashhur bo‘lgan?
    Ukiyo-e uslubi, Katsushika Xokusay va Ando Xiroshige kabi rassomlar asarlari bilan mashhur.
  • Zen buddizm samuraylar hayotida qanday o‘rin tutgan?
    Meditatsiya va intizom orqali ichki tinchlik va kuchni rivojlantirishga yordam bergan.
  • Yaponiya feodal tuzilishining asosiy tabaqalari qanday edi?
    Imperator, syogun, daymolar, samuraylar, dehqonlar va hunarmandlar.
  • Konfutsiylik Yaponiyada qanday ta’sir ko‘rsatgan?
    Ijtimoiy tartib va axloqiy qadriyatlarga asos bo‘lgan.
  • Nega Tokugava syogunlari xristianlikni taqiqlashdi?
    Chet el ta’siridan qo‘rqishgani uchun va ichki tartibsizliklarni oldini olish uchun.