Study

Zakovat

  •   0%
  •  0     0     0

  • Siz Yaponiya dalalarida tez-tez uchrab turadigan maxsus dekoratsiyani ko‘rib turibsiz. Bu kabi dalalar ular yordamida yaratiladi. O‘zbekitonda Tolmas, Gulzar, Istiqlol, Sanam kabi ular Davlat reyestriga kiritilgan. Uni 2 so‘zda ayting
    Javob:Guruch navlari Izoh: Ular - guruch navlari edi. Yaponiyada bu kabi san‘at asarlari guruch navlari orqali yaratiladi
  • “Ravon” brendi nomi o‘rniga ushbu so‘zga qofiyadosh BIRINCHI va IKKINCHI soʻzlar brend nomi bo‘lishi mumkin edi. Shuhratning bir she’rida agar hayot birinchi bo‘lsa, muallim ikkinchi ekanligi aytiladi. Savol: Birinchi va ikkinchi so'z?
    Javob:Karvon va sarbon Izoh: She’rda Agar hayot karvon bo‘lsa sarbon muallim deyiladi
  • Bulgakovning “Ityurak” asarida professor uchun tushlik olib kelishganda, ovqatdan taralayotgan xushbo‘y hidni professorning iti unga qiyoslaydi. Uni Bobil shohi Navuxodonosor II o‘z xotini uchun barpo qilgan.Uni bir necha so‘zda yozing
    Javob:Semiramida bog‘lari Izoh: It xushbo‘y hidni afsonaviy bog‘ga qiyoslaydi
  • Ingliz yozuvchilardan biri Samuel Batlerning fikricha bu dunyoda haqiqiy insonlar juda kam, hayvonlar esa son sanoqsiz. Savol: Yozuvchi olamimizni nimaga o‘xshatganini ikki so‘zda yozib bering.
    Javob:Nuh kemasi
  • Savol muallifi talabalik yillarida adabiyot o‘qituvchisining “Doskaga hamma o‘z hohishi bilan chiqsin yoki men ushbu usulni qo‘llayman” degan so‘zlarini eshitganida 1936-yilda chop etilgan asarni esga olardi. Savol: Qaysi asarni?
    Javob:Alifbo bo‘yicha qotillik Izoh: O‘qituvchi hech kim o‘zi istab chiqmasa alifbo tartibida chaqiraman der edi.
  • Per Buastdan iqtibosni tinglang: “Ilmning chegaralari Unga o‘xshaydi: unga qanchalik yaqin bo‘lsang, shunchalik uzoqlashasan”. U nomli asar xalqimizning 2 jahon urushi arafasida, urush yillari va undan keyingi hayoti aks etadi. qaysi asar?
    Javob:Ufq
  • 11-asrda Mahmud G‘aznaviy Shimoliy Hindistonda o‘n yetti marta qonli bosqin uyushtirgan. Ba’zi tarixchilarning fikriga ko‘ra, bu bosqinlar Finlyandiyada kaalelarning paydo bo‘lishining asosiy sababi edi. Savol: Biz kaalelarni qanday ataymiz
    Javob:Lo‘lilar Izoh: Lo‘lilar Mahmud G'aznaviy repressiyasidan qochib, dunyo bo‘ylab tarqalib ketishdi. Finlyandiya lo‘lilari Kaale deb ataladi
  • U bolaligida onasini yo‘qotib, harbiy otasi tomonidan fransuz maktabiga o‘qishga joylashtiriladi. Otasining o‘limidan so‘ng esa Besime xolaning qaramog‘ida qolgan. Boshqa bir uni esa 2008-yilda Indira Bilolova gavdalantirgan. Uning ismi
    Javob:Feride
  • Ming la’nat sen nihol o‘tqazgan vaqtga, Ossalar gar o‘zing ekkan daraxtga. Taqdirning yuzlari qoraysin battar, Qazgan qudug‘ingga cho‘ktirsalar gar. O‘rlasin arshgacha bu qora tutun, Beshiging tobutga aylansa bir kun. She'r kimga bag'ishlan
    Javob:Mirzo Ulug‘bek Izoh: She’r Ulug‘bek faryodi deb nomlangan. Mirzo Ulug‘bek farzandi Abdullatifning roziligi bilan qatl etiladi.
  • Garri Potter unga qaraganda ota onasini ko‘radi. Dambldor esa uni Garriga tanishtirar ekan, u inson qalbining eng umidsiz ISTAKlarini ko‘rsatishini aytadi. Savol: U nima ekanini 2 so‘zda yozib bering.
    Javob:Erised oynasi Izoh: Erised oynasi insonning qalbida qolib ketgan umidsiz istaklarini ko‘rsatadi. Erised so‘zi teskari o‘qilsa desire ya’ni istak deb tarji
  • Milliy urf-odatlarimizga ko‘ra, qiz xonadoniga kelgan sovchilarga rad javobini anglatish uchun sovchilar uydan chiqishlaridan avval bu ish qilinar ekan. Bu ish oʻzbek iborasida “haydab yubormoq” maʼnosida qoʻllaniladi. gap nimada?
    Javob:Kavushini toʻgʻirlamoq Izoh: Sovchilarga salbiy javobni anglatish uchun ularning oyoq kiyimlari tartib bilan terib qoʻyilgan.
  • Ushbu guruh nomi avval KOMISAR boʻlgan ekan. 2005-yilda yosh guruh Buxoro shahridagi Konsert soʻngida dastxat olish uchun kelgan bir qizchaga hazil tarzda guruhning hozirgi nomini yozib dastxat berishadi. Shu voqeadan so'ng shu nom bo'ladi
    Javob:Benom Izoh: Guruh nomi guruh a’zolari Komil va Sarvarning qisqartmasi bo‘lgan
  • Qanday oqshom, Bu qanday kecha, Yulduzlardan yogʻar mushk-atir. Falak tuzar bir yillik reja – ... (uch nuqta) Savol: Uch nuqta o‘rnidagi arabcha 2 so‘zni yozib bering.
    Javob:Laylatul qadr
  • 2003-yilda Yaponiya kosmosga uchirgan kosmik apparat “Xayabusa” deya nomlangan edi. Xayabusa Yapon tilidan U deb tarjima qilinadi. 1977-yilgi film bosh qahramonining ismi ham U ma’nosini bildirar edi. Savol: O‘sha film nomini yozib bering
    Javob:Mimino
  • Taxminlarga ko‘ra, u 5000 yil oldin Janubiy Hindistondan topilgan. Uning dastlabki egasi Karna bo‘lgan bo‘lsa, hozircha oxirgi egasi Charlz III hisoblanadi. Uni “nur tog‘i” deb tarjima qilish mumkin. Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
    Javob:Ko‘hinur Izoh: Ko‘hinur olmosi hozirda Angliya qiroli Karl III ni tojida joylashgan
  • Rossiyalik Magomed Qurbonovni mag‘lub etganidan so‘ng britaniyalik mashhur promouter Isroil Madrimovni “Yangi U” deya atagan. Savol: 1982-yil Qarag‘andada tug‘ilgan Uni toping.
    Javob:Gennadiy Golovkin
  • Nelson Mandela o‘zining qamoqdagi yillarini eslar ekan shunday deydi. “Ko‘pincha axlatlarni to‘kib kelish kabi ishlarga ko‘ngilli bo‘lib o‘tardim. Sababi ba’zida axlat ichidan uni topib olishim mumkin bo‘lardi. U nima?
    Gazeta
  • U og‘irlik o‘lchov birligi hisoblanib, uning 100 tasi 4,4 grammga teng. Afsonaga ko‘ra ixtirochi Seta, mukofot sifatida o‘ziga 1, 2, 4, 8 va hokazo ketma-ketlikda Uni so‘raydi. Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering
    Javob:Bug‘doy doni Izoh: Afsonaga ko‘ra shaxmat ixtirochisi hind shohi Sheramdan o‘z ixtirosi uchun mukofot tarzida yuqoridagi ketma-ketlikda o‘sib boruvchi 64