Fuqarolik jamiyati institutlarining asosiy vazifasi nima?
Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyat rivojiga hissa qo’shish va davlat boshqaruvida fuqarolarning ishtirokini ta’minlash.
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida fuqarolik jamiyati institutlari to’g’risida qaysi moddalar keltirilgan?
Konstitutsiyaning 55-61 moddalarida mulk huquqi, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalar va OAV ning huquqiy maqomi belgilangan
Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risidagi qonunning maqsadi nima?
Ushbu qonunning maqsadi NNTlarning huquqiy maqomini, faoliyat yo’nalishlarini va ularning jamiyatdagi o’rnini belgilashdan iborat
Fuqarolik jamiyatining rivojlanishi davlatga qanday foyda keltiradi?
Jamiyat barqarorligini ta’minlaydi, korrupsiyani kamaytiradi, aholi faolligini oshiradi va davlatning samarali boshqaruvini ta’minlaydi.
Kasaba uyushmalar faoliyatining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
Qonuniylik, ixtiyoriylik, kamsitishga yo’l qo’ymaslik, mustaqillik, o’zini o’zi boshqarish, teng huquqlilik, oshkoralik, ochiqlik.
Konstitutsiyamizning XIII bobining hozirgi va avvalgi nomi nima?
Hozirgi nomi Fuqarolik jamiyati institutlari. Oldingi nomi Jamoat birlashmalari edi.
Fuqarolik jamiyati institutlari demokratiyaning qaysi tamoyillariga asoslanadi?
Oshkoralik, qonun ustuvorligi, erkinlik va tenglik tamoyillariga asoslanadi.
Siyosiy partiyalar qaysi hujjat asosida faoliyat yuritadi?
Siyosiy partiyalar to’g’risidagi qonun asosida
Fuqarolik jamiyati institutlariga qaysi tashkilotlar kiradi?
Fuqarolik jamiyati institutlariga kasaba uyushmalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, OAV, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va xayriya tashkilotlari.
Konstitutsiyamizning 70-moddasida nima deyilgan?
Jamoat birlashmalari tizimiga kasaba uyushmalar,siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar tashkilotlari,faxriylar, yoshlar va nogironligi….
O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari qanday imtiyozlarga ega?
Nodavlat notijorat tashkilotlar soliq imtiyozlari, davlat grantlari va loyihalar uchun moliyaviy ko’mak olish imkoniyatiga ega.
Fuqarolik jamiyatining davlatdan asosiy farqi nimada?
Fuqarolik jamiyati mustaqil faoliyat yuritadi, fuqarolarning manfaatlarini ifodalydi, davlat esa boshqaruv va nazorat funksiyasini bajaradi.
Fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi omillar nimalardan iborat?
Huquqiy cheklovlar, moliyaviy resurslarning yetishmovchiligi, aholining huquqiy ongining pastligi va byurokratik to’siqlar.
Konstitutsiyamizning 73-moddasida nima belgilab qo’yilgan?
Kasaba uyushmalari xodimlari ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar.Kasaba uyushmaga a’zo bo’lish ixtiyoriydir.
Nechinchi yildan boshlab kasaba uyushmalar kuni bayram deb elon qilindi?
2023
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.