Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qtur, Bir lahza-u bir nafas qarorim yo‘qtur. Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur.
Zahiriddin Muhammad Bobur
Navoiy forscha she'rlarida qanday taxallusdan foydalanadi?
"Foniy"
Gar oshiq esang, mehru vafo qilma havas, Dard istavu daf’ig‘a davo qilma havas, Hijronu visol mutlaqo qilma havas, Dildoringdin g‘ayri rizo qilma havas.
Alisher Navoiy
Har kim-ki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kim-ki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko‘rmagay, yomonlik hargiz, Har kim-ki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.
Zahiriddin Muhammad Bobur
Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi, Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi. Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi, Bir-bir ne deyin, boshdin ayog‘ing yaxshi.
Alisher Navoiy
Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat qildi Bobur, dersiz, Andoq demangizlarki, muqim ermasmen.
Zahiriddin Muhammad Bobur
O’tkali ul sarvi gulrux soridin, Yo’q xabar ul sarvi gulruxsoridin. Hajridin bog’ ichra berur yodima Qoshidin sarvu gul ruxsoridin.
Alisher Navoiy
YO qoshingdin necha bir o’q ko’z tutay, Otki, o’trusig’a oning ko’z tutay. Necha ko’rgach o’zga mahvashlar qoshin, Yangi oy ko’rgan kishidek ko’z tutay.
Alisher Navoiy
Ul pari ishqida bu devonani, Eyki istarsen, kelib gulxanda ko’r. Bir qadah ul gulni xandon ayladi, Ey ko’ngul, nazzora qil, gul xanda ko’r.
Alisher Navoiy
Bobur Mirzo qayerga borib qutratli davlat tuzadi va boburiylar sulolasiga asos soladi?
Hindiston
Davron meni o‘tkardi sar-u somondin, Oyirdi meni bir yo‘la xon-u mondin. Gah boshima toj, gah baloyi ta'na, Nelarki boshimg'a kelmadi davrondin.
Zahiriddin Muhammad Bobur
G`urbatda g`arib shodumon bo`lmas emish, El anga shafiq – u mehribon bo`lmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulga tikondek oshiyon bo`lmas emish.
Alisher Navoiy
7, 8 yoshlaridan she’r yoza boshlagan ijodkor?
Alisher Navoiy
Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur, Ko‘zdin qochadur uyqu, chu aqsham bo‘ladur. Har ikkalasi g'amim bila sabrimdek, Borg'on sari bu ortadur, ul kam bo‘ladur.
Zahiriddin Muhammad Bobur
"Bobur" so'zi qanday ma'no anglatadi?
"Sher " degan ma'noni bildiradi
Ikkita devon yaratgan, ammo bizgacha faqat bir devoni yetib kelgan ijodkor kim?
Zahiriddin Muhammad Bobur
Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu'lasen-u ul shu'lag'a men kuldurmen. Nisbat yo‘qtur deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale sanga quldurmen.
Zahiriddin Muhammad Bobur
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.