Study

test

  •   0%
  •  0     0     0

  • Fe'lga qo'shiladigan qaysi qo'shimchalar zamon qo'shimchalaridir?
    -di,-gan,-yap,-moqda,-moqchi
  • Omonimlar qanday birliklar orasida bo'lishiga ko'ra necha xil bo'ladi?
    3 xil.Lug'aviy,grammatik va frazeologik.
  • Qaysi javobdagi so‘zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A)kakao, inkubator, fotoaparat B)kordinata, bakalavr, vakum C)kompressor, komissiya, manitoring D)teleko‘rsatuv, magistratura, dissertatsiya
    D)teleko‘rsatuv, magistratura, dissertatsiya
  • 12. Ravishdosh odatda qaysi so’z turkimiga bog’lanib keladi? A) otga B) fe’lga C) olmoshga D) sifatga
    B) fe’lga
  • Berilganlardan qaysilari sof ko‘makchi hisoblanadi? 1) singari; 2) bilan; 3) ammo; 4) uzra; 5) keyin; 6) xayriyat; 7) qadar A) 2, 4, 5, 6 B) 2, 3, 5, 7 C) 1, 3, 6, 7 D) 1, 2, 4, 7
    D) 1, 2, 4, 7
  • Bolalarning charchashiga,zerikishiga yo'l qo'ymaslik uchun darslarda ish turini har necha minutda almashtirish lozim?
    5-10.
  • Bilan va uchun so'zlarining qisqargan shakli qanday yoziladi?Misol keltiring?
    -la,-chun.Onam-la,sen-chun.
  • Ega uyushib kelgan gapni belgilang. A) Bugun majlisda o’qituvchilar va ota –onalar qatnashdilar. B) Biz jismoniy tarbiya darsida yugurdik,o’ynadik. D) Nodira tez va ravon o’qidi. E)Gulnora o’ynadi va yugurdi.
    A) Bugun majlisda o’qituvchilar va ota –onalar qatnashdilar.
  • So'zning -ma,-ba yordamida birlashgan qismi qanday yoziladi?
    Chiziqcha yordamida.
  • Boshlang'ich ta'limda o'qishning necha turidan foydalaniladi?
    3 xil.Ovozli o'qish,ichida o'qish va shivirlab o'qish.
  • 3. O’timli fe’llar berilgan qatorni aniqlang. A) yuzlanmoq, jilmaymoq B) quvontirmoq, joylashtirmoq C) kiyinmoq, so’ramoq D) almashmoq, jiringlamoq
    B) quvontirmoq, joylashtirmoq
  • 7. Harakat nomi qo’shimchasi qo’shilishi natijasida tovush o’zgarishi yuz bergan qatorni aniqlang. A) o’qimoq, yuksalmoq B) ishlov, tanuv C) atamoq, sanamoq D) quymoq, yashamoq
    B) ishlov, tanuv
  • Matn nima?
    Mazmun jihatdan bog'langan gaplar.
  • Tovushni analiz va sintez qilish usullarini to'liq ishlab chiqqan olim kim?
    S.P.Redozubov.
  • 4-sinfning 1-yarim yilida ovozli o'qishda nechta so'z o'qilishi maqsadga muvofiq?
    90-100 ta so'z
  • Kesim uyushib kelgan gapni toping? A)Biz to'g'rilikni,vijdonlikni,mehnatni sevamiz. B)Kombayn o'radi,yig'adi,yanchadi. D)Chumolilar zararli hasharotlarni yeydilar.
    B.Kombayn o'radi,yig'adi,yanchadi.
  • Analitik-sintetik tovush metodiga asos solgan olim kim?
    K.D.Ushinskiy
  • O'qish turlari qaysilar?
    Ovozli,ichida,shivirlab
  • Yozuv mashg'uloti vaqtida parta bilan ko'krak orasidagi masofa qancha?
    2-5 sm.
  • Fe'lga oid so'zlarni toping? zararli,yodla,o'qituvchi,tuzsiz.
    yodla
  • Gap berilgan qatorni aniqlang. A)Bobur Andijonda tug'ilgan. B)Gullar,bahor,chiroyli,do'st. D)Aql,odob,bilim,qunt. E)Bog'bon,yotmoq,ketmon.
    A)Bobur Andijonda tug'ilgan.
  • Metod so'zining ma'nosi nima?
    Tadqiqot yoki bilish yo'li.
  • Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas? A) tuzmoq-suzmoq B) jon-don C) ziyon-ziyod D) g‘ildira-s
    D) g‘ildira-shildira