Game Preview

Inson resurslarini boshqarish

  •  Uzbek    20     Public
    Inson resurslarinini boshqarish
  •   Study   Slideshow
  • Xodimlarni baholashning asosiy maqsadi nima?
    Rag‘batlantirish va rivojlantirish
  •  15
  • Inson resurslarini boshqarish nima?
    Inson resurslarini boshqarish — bu tashkilotdagi xodimlarni rejalashtirish, tanlash, rivojlantirish va samarali ishlashini ta’minlash jarayonidir.
  •  15
  • Tashkilotlarda inson resurslari bilan ishlashning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
    Xodimlarni tanlash, joylashtirish, o‘qitish, baholash, rag‘batlantirish va mehnat munosabatlarini tartibga solish.
  •  20
  • Inson resurslari bo‘limining asosiy funksiyalari qaysilar?
    Kadrlar hisobini yuritish, ishga qabul qilish, ish faoliyatini baholash va xodimlar malakasini oshirish.
  •  25
  • Xodimlar ish faoliyatini baholash nima uchun muhim?
    Baholash xodimlar samaradorligini aniqlash, mukofotlash va rivojlantirishga yordam beradi.
  •  20
  • Inson resurslarini boshqarishning huquqiy asoslari nimadan iborat?
    Mehnat kodeksi, mehnat shartnomalari va davlatning mehnatga oid qonunlari.
  •  15
  • Mehnat shartnomasi nima?
    Mehnat shartnomasi — ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuziladigan huquqiy kelishuvdir.
  •  20
  • Xodimlarning huquqlari qaysi hujjatlar bilan himoyalanadi?
    O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan.
  •  15
  • Ish beruvchining majburiyatlari nimalardan iborat?
    Xodimga xavfsiz mehnat sharoiti yaratish, o‘z vaqtida ish haqi to‘lash va qonunlarga rioya qilish.
  •  25
  • Firmaning inson resurslariga bo‘lgan ehtiyoji qanday aniqlanadi?
    Ish hajmi, ishlab chiqarish rejasi va xodimlar yetishmovchiligi asosida aniqlanadi.
  •  20
  • Kadrlar rejalashtirish nima?
    Kelajakda zarur bo‘ladigan xodimlar soni va malakasini oldindan belgilash jarayoni.
  •  10
  • Inson resurslariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda qaysi usullar qo‘llaniladi?
    Statistik tahlil, mehnat me’yorlari va prognozlash usullari.
  •  15
  • Xodimlarni ishga jalb etish manbalari nechta turga bo‘linadi?
    Ichki va tashqi manbalarga bo‘linadi.
  •  15
  • Ichki manbalarga nimalar kiradi?
    Amaldagi xodimlarni lavozim bo‘yicha ko‘tarish yoki boshqa bo‘limga o‘tkazish.
  •  15
  • Tashqi manbalarga qaysilar kiradi?
    Mehnat bozori, bandlik markazlari, e’lonlar va internet saytlar.
  •  15
  • Xodimlarni ishga jalb etishda qaysi manba samaraliroq?
    Bu tashkilot ehtiyojiga bog‘liq, lekin ichki manbalar tez va kam xarajatli hisoblanadi.
  •  15