Edit Game
.
 Delete

Use commas to add multiple tags

 Private  Unlisted  Public



 Save

Delimiter between question and answer:

Tips:

  • No column headers.
  • Each line maps to a question.
  • If the delimiter is used in a question, the question should be surrounded by double quotes: "My, question","My, answer"
  • The first answer in the multiple choice question must be the correct answer.






 Save   12  Close
Ekzekvatura nima?
Ekzekvatura — qabul qiluvchi davlat tomonidan konsulni rasmiy ravishda tan olish va unga faoliyat yuritishga ruxsat beruvchi hujjat.
Diplomatik munosabatlar qanday o‘rnatiladi?
Davlatlar o‘zaro kelishuv asosida diplomatik munosabatlarni o‘rnatadi va elchilarni akkreditatsiya qiladi.
Konsullik immuniteti diplomatik immunitetdan nimasi bilan farq qiladi?
Konsullik immuniteti cheklangan bo‘lib, faqat xizmat vazifalariga oid harakatlargagina tatbiq etiladi, diplomatik immunitet esa kengroq va deyarli to‘liqdir.
Konsullik vakillarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Fuqarolarni himoya qilish, hujjatlar berish (pasport, viza), savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, notarial harakatlarni amalga oshirish.
Persona non grata tushunchasi nima?
Persona non grata — qabul qiluvchi davlat tomonidan nomaqbul deb topilgan diplomatik shaxs bo‘lib, u mamlakatni tark etishi shart.
Diplomatik vakilning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Vakil davlat manfaatlarini himoya qilish, muzokaralar olib borish, axborot yig‘ish va ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.
Diplomatik vakolatxonalar qanday turlarga bo‘linadi?
Ular asosan: elchixonalar, missiyalar va vakolatxonalar (doimiy vakolatxonalar)ga bo‘linadi.
Diplomatik immunitet nima?
Diplomatik immunitet — diplomatik vakillarni qabul qiluvchi davlat yurisdiksiyasidan ozod qiluvchi huquqiy kafolat .
Konsullik huquqining asosiy manbasi qaysi?
1963-yilgi Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi konsullik huquqining asosiy xalqaro-huquqiy manbasi hisoblanadi.
Diplomatik huquqning asosiy manbalari qaysilar?
Asosiy manbalar: xalqaro shartnomalar, odat huquqi, umumiy huquq prinsiplari. Eng muhim hujjat — 1961-yilgi Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi.
Konsullik huquqi diplomatik huquqdan nimasi bilan farq qiladi?
Konsullik huquqi asosan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi, diplomatik huquq esa siyosiy munosabatlarni.
Diplomatik huquq nima?
Diplomatik huquq — davlatlar o‘rtasidagi rasmiy munosabatlarni yurituvchi diplomatik vakolatxonalar faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro huquq normalari tizimi