Edit Game
Ayirish
 Delete

Use commas to add multiple tags

 Private  Unlisted  Public



 Save

Delimiter between question and answer:

Tips:

  • No column headers.
  • Each line maps to a question.
  • If the delimiter is used in a question, the question should be surrounded by double quotes: "My, question","My, answer"
  • The first answer in the multiple choice question must be the correct answer.






 Save   17  Close
Bo‘shliqichlilarda (gidra) maxsus ayirish organi bormi?
Yo‘q, ularda maxsus ayirish organi bo‘lmaydi.
Amyoba va tufelkada ayirish qanday amalga oshadi?
Qisqaruvchi vakuolalar orqali.
Amyobada ortiqcha suvni nima haydaydi?
Qisqaruvchi vakuola
Barg to‘kilishidan oldin uning bandida nima hosil bo‘ladi?
Po‘kak qatlami
Fitonsidlar nima?
O‘simliklar tomonidan ishlab chiqariladigan, bakteriyalarga qarshi kurashuvchi moddalar.
Barg to‘kilishiga nima sabab bo‘ladi?
Barg bandining poyaga birikkan qismida po‘kak qatlami (ajratuvchi qatlam) hosil bo‘lishi bargning to‘kilishiga olib keladi.
Xazonrezgi nima?
Kuz kelishi bilan kunlarning qisqarishi va harorat pasayishi natijasida o‘simlik barglarining to‘kilishi.
O‘simliklar hayotiy jarayonida qanday moddalar hosil qiladi?
Efir moylari, kauchuk, nektar, smola va fitonsidlar kabi moddalar hosil qiladi.
Guttatsiya hodisasi qachon va qanday yuz beradi?
Tuproqda namlik yuqori bo‘lib, havo nam bo‘lganda (asosan tunda), barg chetlaridan suv tomchi shaklida ajralib chiqishi.
Transpiratsiya nima?
O‘simlik tanasidagi ortiqcha suvning barg og‘izchalari orqali bug‘lanishi.
Baliqlarda ayirish sistemasi qanday qismlardan tashkil topgan?
Tasmachasimon bir juft buyrak, siydik yo‘llari va siydik pufagi.
Ayirish sistemasining asosiy vazifasi nima?
Qonni tozalash va organizmning doimiyligini saqlash.
Nefron nima?
Buyrakning ichidagi eng kichik "tozalovchi" qism.
Sutemizuvchilar buyragi nimaga o‘xshaydi?
Loviya shakliga.
Qushlarda nima uchun qovuq (siydik pufagi) yo‘q?
Vazni yengil bo‘lishi va uchishga xalaqit bermasligi uchun.
Baliqlarning buyragi qanaqa?
Tasmachasimon (uzunchoq) buyraklar.
Ayirish nima?
Organizmdagi ortiqcha suv va zaharli moddalarni tashqariga chiqarish.