Edit Game
Jinoyat huquqi
 Delete

Use commas to add multiple tags

 Private  Unlisted  Public



 Save

Delimiter between question and answer:

Tips:

  • No column headers.
  • Each line maps to a question.
  • If the delimiter is used in a question, the question should be surrounded by double quotes: "My, question","My, answer"
  • The first answer in the multiple choice question must be the correct answer.






 Save   13  Close
Ishtirokchilikda ixtiyoriy qaytish jinoiy javobgarlikni qachon istisno etadi?
Agar shaxs jinoyatning oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq barcha choralarni ko‘rgan bo‘lsa.
Maxsus subyektlar tomonidan sodir etilgan jinoyatda kimlar ishtirokchi bo‘lishi mumkin?
Faqat maxsus belgilarga ega shaxslar; bunday belgi bo‘lmagan shaxslar esa tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi sifatida baholanadi.
Ekstsess bajaruvchi holatida kim javobgar bo‘ladi?
Faqat ekstsessni sodir etgan bajaruvchi, chunki uning harakati boshqa ishtirokchilarning niyatiga kirmagan.
Jinoyatga daxldorlik va yordamchilik o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Yordamchi jinoyatga oldindan va’da beradi, daxldor esa va’dasiz harakat qiladi.
Jinoyatga daxldorlikda jinoiy javobgarlik qachon vujudga keladi? Javob: Faqat og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar
Faqat og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar haqida xabar bermagan yoki yashirgan hollarda.
Jinoyatga daxldorlik nima?
Oldindan va’da bermasdan jinoyatni yashirish yoki xabar bermaslik orqali yordam berish harakati.
Jinoiy uyushma tashkilotchisi qanday hollarda barcha jinoyatlar uchun javobgar bo‘ladi?
Faqat shu jinoyatlar uning jinoiy niyati bilan qamrab olingan bo‘lsa.
Oddiy ishtirokchilik qanday belgilar bilan tavsiflanadi?
Ikkidan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmasdan, birgalikda jinoyatning obyektiv tomonini amalga oshirishi.
Bajaruvchi ixtiyoriy ravishda jinoyatdan qaytsa, boshqa ishtirokchilarning harakati qanday baholanadi?
Ularning harakati jinoyatga tayyorgarlik yoki suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Tayyorgarlikda jinoyat hali boshlanmagan, suiqasdda esa jinoyat harakati boshlangan.
Jinoyatning tugallangan deb topilishi uchun qanday shart talab qilinadi?
Jinoyat tarkibining barcha obyektiv va subyektiv belgilarining ro‘yobga chiqishi.
Qachon jinoyatga suiqasd bosqichi boshlanadi?
Shaxs jinoyatni bevosita sodir etishga kirishgan, ammo oxiriga yetkazmagan paytda.
Jinoyat kodeksiga ko‘ra, jinoyatga tayyorgarlik nima deb hisoblanadi?
Jinoyat sodir etish uchun sharoit yaratishga qaratilgan, lekin jinoyatni bevosita amalga oshirishga o‘tmagan harakatlar.