Edit Game
yangi zakovat 3
 Delete

Use commas to add multiple tags

 Private  Unlisted  Public



 Save

Delimiter between question and answer:

Tips:

  • No column headers.
  • Each line maps to a question.
  • If the delimiter is used in a question, the question should be surrounded by double quotes: "My, question","My, answer"
  • The first answer in the multiple choice question must be the correct answer.






 Save   18  Close
Olim Galileo Galiley 1638-yilda ko‘r bo‘lib qoladi. Bunga sabab sifatida u juda ko‘p marta BU ISHNI qilganini ko‘rsatadi. Yangi Zelandiya maqoliga ko‘ra barcha soyalar ortingizda qolishi uchun BU ISHNI qilishingiz kerak. bu ish?
Quyoshga tik boqish.
Dunyoda noodatiy kasblar juda ko‘p. Masalan Yaponiyada “ko‘z yosh sotuvchisi” kasbi mavjud bo‘lib, bu kasb vakili bo‘lgan ayollar o‘zi qatnashgan har bitta marosim uchun 20 dollardan xizmat haqi olar ekan. qaysi marosim
Motam.
Nemis xalq maqoliga ko‘ra, ikkita kitobdan ko‘ra bitta U yaxshi. Ayzek Azimovning voqealari 2155-yilda bo‘lib o‘tadigan hikoyasida, Ularning o‘rnini to‘laqonli robotlar egallagani aytiladi. Savol: U kim?
O‘qituvchi
Aziz Nesin fikricha, dangasaning ish kuni U dir. U nomli koreys seriali o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan odamlarni o‘z fikridan qaytarish va kelajakka umid uyg’otishga bag’ishlanadi. Savol: U ni toping.
Ertaga
Lenta.ru saytining bo‘yi 240 sm dan uzunroq bo‘lgan sobiq sovet basketbolchisi Aleksandr Sizonenko haqidagi maqolasi “rossiyalik U” deb nomlangan. U dastavval kema shifokori, keyinchalik kema kapitani lavozimigacha ko‘tarilgan. u kim
Gulliver.
Ushbu unvon nomi qadimgi german tillaridan tarjima qilganda “ozod inson”, “jangchi erkak” degan ma’nolarni anglatadi. Rustam Sa’diyev ssenariysi asosida 2016-yilda suratga olingan mashhur o‘zbek filmi nomi ham ushbu unvon bilan nomlanadi.
Baron
“Moana” multfilmidagi “Xey-Xey” laqabli xo‘roz, Moananing doimiy hamrohi. Albatta, xo‘roz ahmoq, lekin, uning asosiy vazifasi bor: har doim qiz bilan birga bo‘lish va uni himoya qilish. boshqa bir Disney multfilmida ajdarho bo'ladi. qasyi mu
Mulan.
O’zbek xalq topishmog’i Bir savat anor, Hadding bo‘lsa ol. Topishmoqning javobi U. Odatda U qandaydir miqdorni chamalash va salmog’ini taxminan aytish manosidagi iboralarda uchraydi. u nima
Cho‘g’.Odatda “Cho‘g’i baland”, “cho‘g’i past” kabi iboralar miqdor va chamalash ma’nolarini o‘zida ifoda etadi.
Bir Shoir o‘z she’rida ertalabgacha uxlamay ijod qilishi kerakligini aytar ekan, UNDAN so‘ngi tuni uchun uzr so‘raydi. Qadimgi Hindistonda dolchin daraxtining mevalarini qaynatishdan hosil bo‘lgan birikma UNING asosini tashkil qilgan. u nim
Sham.
2000-yil may oyida Toshkent shahrining 145-sonli maktabida 3 kunda yozib olingan bu qo‘shiq yaratilishida “Tarona records” studiyasi, Husan Sodiqov, Vagif Zokirov, Bahodir Yo‘ldoshev, Yelena Yo‘ldosheva nomlarini ham ko‘rish mumkin. Qo‘shiq
Xayr maktabim.
Ulug‘ tog‘dan boshlanadi U, Suvlari cho‘ng qoyalarga bulanib. Biz Turondan kelayapmiz qadimiy, Biz Turonga borayapmiz ulanib. U Beruniy asarlarida Xasart shaklida tilga olingan. Savol: U o‘rnidagi gidronimni yozib bering.
Sirdaryo
Fransiyada 1931-yildan boshlab 1 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun asarlar to‘plami nashr etiladi. Bu to‘plam asosida 1993-yil Jan Kubo va Paskal Moro, U tomonidan so‘zlab beriladigan multserial suratga olinadi. U nima
Qunduz.Izoh: O‘zbek tiliga Qunduz amakining qissalari deb tarjima qilingan qilingan
Uning kelib chiqishi asosan yaylov hududlarda chorvadorlik bilan shug‘ullanadigan ko‘chmanchilarga borib taqaladi. Uning yangi kigiz ustiga oq mato bilan qoplangan, oq arqonlar bilan bezatilgan turi “oq uy” deb ataladi. u nima?
o'tov
Dunyodagi birinchi U “Jaz kuychisi” deb nomlangan va 1927-yil New-Yorkda namoyish qilingan. Charli Chaplinning “Katta shahar chiroqlari”, “O‘t o‘chiruvchi”, “Piligrim” kinolari Ular sirasiga kirmaydi. Uni ikki so‘zda yozib bering.
Ovozli kino.
E.Vohidovning she'rida Matmusa qishlog'ini mashhur qilish uchun qishlog'idan lahm qazb bu binodan chiqib amerika prezidentini o'g'irlashni aytadi. qaysi bino
oq uy
Iker Kasilyas Real Madrid murabbiyi Karlo Anchelottining har qanday tarkibga ham tezda moslashib olishi haqida fikr bildirar ekan, Anchelottini Unga oʻxshatadi. Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Buqalamun.
“Madagaskar pingvinlari” multfilmida yovuz qahramon Doktor Oktavius okeanariumlardan haydalishiga sababchi boʻlgan pingvinlarni yoʻq qilishga harakat qiladi. Savol: Doktor Oktavius qanday jonzodligini yozib bering.
Sakkizoyoq.
Kalamushlar ustida o‘tkazgan tajribalari bilan mashhur bo‘lgan psixolog Frederik Skinnerning familiyasi mashhur bir animatsiyada kalamushlardan nafratlanadigan oshpazga nom qilib tanlangan. qaysi
“Ratatuy”.