Internet tarmog‘ini huquqiy tartibga solishning asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
Foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, intellektual mulkni ta’minlash va ma’lumotlar xavfsizligini kafolatlash.
15
Internetning ochiq va chegarasiz tabiati huquqiy tizimlar uchun qanday asosiy muammo tug‘diradi?
Milliy qonunchilik doirasida Internetni to‘liq tartibga solishning murakkablashuvi va yurisdiksiya muammolarining paydo bo‘lishi.
15
Domen nomlari bilan bog‘liq eng ko‘p uchraydigan huquqiy nizolar qaysilar?
Tovar belgisi nizolari, kiberskvotting va domen nomlari bo‘yicha yurisdiksiya masalalari.
15
IP-manzillar bilan bog‘liq huquqiy masalalar asosan qaysi sohalarga taalluqli?
Ma’lumotlar xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohalariga.
15
Bulutli xizmatlar sohasida yurisdiksiya muammosi nima sababdan yuzaga keladi?
Ma’lumotlarning turli davlat hududlarida saqlanishi va har bir davlat qonunchiligining farq qilishi sababli.
15
O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarni chet elda saqlash qanday shart bilan amalga oshiriladi?
Faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15
Internet-provayderlarning huquqiy maqomi bilan bog‘liq asosiy majburiyatlardan biri nima?
Foydalanuvchilar ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash va noqonuniy kontentni bloklash.
15
5G texnologiyasini huquqiy tartibga solishda eng muhim masalalardan biri qaysi?
Radiochastota spektrini taqsimlash va litsenziyalash.
15
Internet of Things (IoT) texnologiyasi huquqiy jihatdan eng katta xavf qaysi sohada yuzaga keladi?
Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi va shaxsiy hayot daxlsizligi sohasida.
15
Sun’iy intellekt tizimlari bilan bog‘liq javobgarlik muammosi nimadan iborat?
Sun’iy intellekt qabul qilgan qarorlar uchun kim javobgar bo‘lishini aniqlash zarurati.
15
Internet-provayderlar faoliyati O‘zbekistonda asosan qaysi qonunlar bilan tartibga solinadi?
Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida"gi va "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonunlar bilan.
15
Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi huquqshunoslar oldiga qanday yangi talablarni qo‘ymoqda?
Axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va ma’lumotlar xavfsizligi sohalarida chuqur bilimga ega bo‘lish talabini.