Game Preview

Fe'l

  •  Uzbek    28     Public
    Fe'l
  •   Study   Slideshow
  • Harakat nomi qanday qo‘shimchalar bilan yasaladi?
    -ish (-sh), -v, -moq qo‘shimchalari orqali.
  •  10
  • Harakat nomi qaysi so‘z turkumlariga xos xususiyatga ega?
    Ham fe’lga, ham otga xos xususiyatlarga ega.
  •  15
  • Nima uchun u harakat nomi deb ataladi?
    Chunki u harakatni anglatadi, lekin uni predmet (ot) kabi nomlaydi.
  •  10
  • Harakat nomi egalik qo‘shimchalarini oladimi?
    Ha, masalan: o‘qishim, yozishingiz, kelishi.
  •  10
  • Harakat nomi kelshik qo‘shimchalari bilan turlanadimi?
    Ha, masalan: o‘qishni, yozishga, o‘qishdan.
  •  10
  • Harakat nomining inkor shakli qanday yasaladi?
    -ma qo‘shimchasi bilan: o‘qimaslik, yozmaslik.
  •  10
  • Harakat nomi gapda qanday vazifada keladi?
    Ot kabi ega, to‘ldiruvchi, hol va kesim bo‘lib keladi.
  •  10
  • -ish qo‘shimchasi qachon -sh ko‘rinishida qo‘shiladi?
    Fe’l asosi unli bilan tugasa (masalan: so‘zla-sh).
  •  10
  • Harakat nomi zamonni ifodalaydimi?
    Yo‘q, harakat nomi zamon va shaxs-sonni ifodalamaydi.
  •  10
  • "O‘qish" so‘zi gapda ega bo‘lib kelishiga misol ayting.
    O‘qish – hayotni yoritadi.
  •  10
  • Harakat nomi ko‘plik qo‘shimchasini oladimi?
    Ha, ayrim hollarda: Yozishmalar, kelishuvlar.
  •  10
  • -moq va -ish qo‘shimchalari orasida ma’no farqi bormi?
    -moq ko‘proq kitobiy, rasmiy uslubda ishlatiladi.
  •  10
  • Harakat nomi fe’lning qaysi shakliga kiradi?
    Fe’lning vazifa shakllariga kiradi.
  •  10
  • -v qo‘shimchasi bilan yasalgan harakat nomiga misol keltiring.
    Saylov, aylov, sinov.
  •  10
  • Harakat nomi aniqlovchi bo‘lib kela oladimi?
    Ha, masalan: O‘qish zali (qanday zal?).
  •  10
  • Harakat nomi sifatdoshdan nima bilan farq qiladi?
    Sifatdosh belgi bildiradi, harakat nomi esa predmetlashgan harakatni.
  •  10