Game Preview

22.01.2025 adabiyot 7

  •  English    18     Public
    Adabiyot
  •   Study   Slideshow
  • 12 ming baytli ijodini Navoiyning birgina g'azaliga almashtirmoqchi bo'lgan ijodkor kim edi?
    Lutfiy
  •  15
  • ___ (arabcha “bo‘lak, qism, parcha” so‘zidan) mumtoz adabiyotda qo‘llangan janrlardan biri bo‘lib, unda muallifning turli mazmundagi fikr-mulohazalari, qarashlari ifodalanadi.
    Qit'a
  •  15
  • ___(arabcha “yakka, yolg‘iz” so‘zidan) mumtoz adabiyotda qo‘llangan janrlardan biri bo‘lib, unda muallifning hayotiy kuzatishlariga asoslangan xulosalari, g‘oyalari ilgari suriladi.
    Fard
  •  15
  • Qaysi janrda har ikkinchi bayt o'zaro qofiyalanadi?
    Qit'a
  •  15
  • Faqatgina 2 misradan iborat bo'ladigan she'riy janr qaysi?
    Fard
  •  15
  • Erur ahli hunar qoshinda hunar Ayb yopmoq, dog‘i hunar topmoq. Hunarin elning oshkor etmoq Yo‘q esa bori aybini yopmoq. Janrini aniqlang
    Qit'a
  •  15
  • Kimki o‘zluk imoratin buzdi, Bo‘ldi naqdi fano aning muzdi. Ul imoratni buzmayin solik, Bo‘la olmas bu naqdga molik. Mazmunini aniqlang
    Manmanlik
  •  15
  • Kishi aybin yuziga qilma izhor, Taammul ayla o‘z aybingg‘a zinhor. Janrini aniqlang
    Fard
  •  15
  • Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud yerga past, Bilmagay holim shikastin, ko‘rmagan buncha shikast. fard mazmunini aniqlang
    Boshdan o'tkazmaguncha hech kim holimni bilmaydi
  •  15
  • Yetar chu rizqing, agar xoradur va gar yoqut, O‘zungga yuklama anduh tog‘in, istab qut. Fard mazmunini aniqlang
    Rizqing o'zi seni topib boradi
  •  15
  • El ichra, ey hasud, seni qildi haq zalil, Kim nohaq elga zidsen-u, haq molig‘a baxil. Fard mazmuni nima haqida?
    Hasad qilmaslik haqida
  •  15
  • Futuvvat so'zining ma'nosi
    oliyjanoblik, saxovat
  •  15
  • Taammul aylamoq so'zining ma'nosi nima?
    fikr yuritmoq, yaxshilab o‘ylamoq
  •  15
  • Tuzluk so'zining ma'nosi nima?
    To'g'rilik, halollik
  •  15
  • Shubon so'zining ma'nosi nima?
    Cho'pon
  •  15
  • Raqam qilmoq so'zining ma'nosi nima?
    Yozmoq
  •  15