Game Preview

Partologiya

  •  Uzbek    18     Public
    Partiyalar
  •   Study   Slideshow
  • Dastlabki siyosiy partiyalarning ildizlari qaysi jamiyat shakllariga borib taqaladi?
    Ularning ildizlari qadimgi davlatlar — Rim, Italiya, Gretsiya va Angliya kabi mamlakatlardagi ijtimoiy qatlamlarga borib taqaladi
  •  15
  • 1. Ilk diniy va siyosiy tashkilotlar qachon paydo bo‘lgan?
    Dastlabki siyosiy tashkilotlar qadimgi dunyo tarixida, xususan, qadimgi Rim va Yunoniston davrida paydo bo‘lgan.
  •  15
  • “Tori”lar va “Vigi”lar qanday partiyalar edi?
    “Vigilar” Angliyada monarx hokimiyatini cheklashni istagan liberallar bo‘lgan, “Torilar” esa qirol hokimiyatini himoya qiluvchi konservativ kuchlar edi.
  •  15
  • Turkiy xalqlarda siyosiy uyushmalar qaysi davrlarda shakllangan?
    XIX asr oxiri va XX asr boshlarida, xususan, Turkiston hududida jadidlar harakati shaklida paydo bo‘lgan.
  •  15
  • Turkistonda siyosiy partiyalarga asos solgan jadidlar kimlar edi?
    Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Fayzulla Xo‘jayev kabi ziyolilar jadid partiyalarini tuzganlar
  •  15
  • Nima uchun jadidlar partiyalari faoliyati to‘xtatildi
    Sovet hokimiyati o‘rnatilgach, mustaqil siyosiy harakatlarga yo‘l qo‘yilmadi, natijada jadidlar partiyalari taqiqlanib, yetakchilari ta’qib qilindi.
  •  15
  • Jadidlar siyosiy faoliyatining asosiy maqsadi nima edi?
    Ularning maqsadi — Turkiston xalqini ozodlikka chiqarish, milliy maktablar ochish va ma’rifat orqali mustaqillikka erishish edi.
  •  15
  • Ilk partiyalar jamiyatda qanday ijtimoiy qatlamlarga tayanar edi?
    Ular asosan ziyolilar, savdogarlar, hunarmandlar va o‘rta tabaqadagi aholiga tayanar edi.
  •  15
  • Jadidlar harakati siyosiy madaniyat rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatdi
    Jadidlar siyosiy tafakkurni uyg‘otdi, fuqarolik ongini shakllantirdi va O‘zbekistonda siyosiy partiyaviylikka zamin yaratdi
  •  15
  • Siyosiy partiyalarni tipologiyaga bo‘lish zarurati nimadan kelib chiqqan?
    Dunyo mamlakatlarida turli shakldagi partiyalar paydo bo‘lgani uchun ularni o‘xshash belgilar asosida guruhlash zarurati tug‘ilgan.
  •  15
  • Siyosiy partiyalar tipologiyasini birinchi ishlab chiqqan olim kim edi?
    Fransuz siyosatshunosi Moris Dyuverje siyosiy partiyalarni birinchi marta ilmiy tipologiyaga ajratgan.
  •  15
  • Moris Dyuverje partiyalarni necha tipga ajratgan va ular qanday nomlanadi?
    U partiyalarni kadrlar partiyalari va ommaviy partiyalar deb ikki turga ajratgan.
  •  15
  • Kadrlar partiyasi deganda nima tushuniladi?
    Bu — oz sonli, elita vakillaridan tashkil topgan, asosan saylovlarda ishtirok etuvchi, kuchli rahbarlarga tayanadigan partiyalardir.
  •  15
  • Ommaviy partiyalar kadrlar partiyalaridan qaysi belgilar bilan farq qiladi?
    Ommaviy partiyalar keng xalq ommasiga tayanadi, doimiy a’zolik mavjud, mafkurasi va tuzilmasi markazlashgan bo‘ladi.
  •  15
  • Demokratik, avtoritar va totalitar partiyalar o‘rtasidagi farq nimada?
    Demokratik partiyalar xalq irodasiga tayansa, avtoritarlar hokimiyatni cheklaydi, totalitarlar esa jamiyatni to‘liq nazorat qiladi
  •  15
  • 16. “Gomogen” va “geterogen” raqobatga asoslangan partiyalar o‘rtasidagi farqlar qanday?
    Gomogen partiyalar yagona g‘oyaga asoslanadi, geterogen partiyalar esa turli ijtimoiy guruh manfaatlarini ifoda etadi.
  •  15