Game Preview

Jumboqli savollar

  •  Uzbek    30     Public
    Zakovat va tafakkur bilan nafaqat jumboqning, balki hayot haqiqatlarining tagiga yetish mumkin.
  •   Study   Slideshow
  • Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak?
    Choyni qo’l bilan emas, balki qoshiqcha bilan aralashtirish maqsadga muvofiq.
  •  15
  • Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas.
    Sigir burchakdan boshining yarimini chiqarib poylamoqda.
  •  15
  • U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?
    Sizning ismingiz.
  •  15
  • Kim o’tirgan holda yuradi?
    Shaxmatchi.
  •  15
  • Tuyaqush o’zini qush deb ayta olishi mumkinmi?
    Yo’q, tuyaqush gapirishni bilmaydi.
  •  15
  • Bir kuni ertalab bir erkak ishga ketish uchun chiqib, o’z avtomashinasi g’ildiraklaridan birining dami chiqib ketganligini sezib qoldi. Shunga qaramay, u o’sha mashinaga o’tirib, bemalol ishga ketdi, hech bir muammolarsiz ishdan qaytib keld
    Dami chiqqan g’ildirak zaxiradagi (zapasnoy) edi.
  •  15
  • Jorj Vashington, Sherlok Xolms, Vilyam Shekspir, Lyudvig Van Betxoven, Napoleon Bonapart, Aleksandr Pushkin — ushbu ro’yxatda kim «ortiqcha»?
    Sherlok Xolms (o’ylab topilgan personaj).
  •  15
  • Qalamni xonadagi yerning shunday joyiga qo’yish mumkinki, uning ustidan hech kim sakrab o’ta olmaydi. Bu qanday joy?
    Xona devorining burchagi.
  •  15
  • U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
    Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi.
  •  15
  • Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz. Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
    Qorong’ulik.
  •  15
  • Xomligida iste’mol qilinamaydi, qaynatilgach esa tashlab yuboriladi. U nima?
    Lavr yaprog’i (лавровый лист).
  •  15
  • Qaysi oddiy odam oldida hatto podshoh ham bosh kiyimini yechadi?
    Sartarosh oldida.
  •  15
  • Juda och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin?
    Bitta, keyingisi to’qroq qoringa yeyiladi.
  •  15
  • Ular qanchalik ko’p bo’lsa, vazni shunchalik kamayib ketaveradi?
    G’ovaklar.
  •  15
  • Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, lekin o’ng qo’l bilan hech qachon ushlab bo’lmaydi?
    O’ng qo’lning tirsagi.
  •  15
  • Balandligi 10 metr bo’lgan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?
    Narvonning eng quyi pog’onasidan sakrash.
  •  15