Game Preview

Davlat va huquq nazariyasi

  •  Uzbek    18     Public
    Savollar
  •   Study   Slideshow
  • Huquq normasiga ta'rif bering
    Davlat tomonidan o'rnatiladigan yoki ma'qullanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy xulq-atvor.
  •  15
  • Huquq normasining asosiy belgilari nechta
    6 ta
  •  15
  • Huquq normasi tuzilishiga ko'ra nechiga bo'linadi
    3 ga (gipoteza, dispozitsiya, sanksiya)
  •  10
  • Gipotezaga ta'rif bering
    Unda dispozitsiyada ko'rsatilgan qoidaning kuchga kirishi uchun zarur bo'lgan aniq hayotiy holat o'z ifodasini topadi.
  •  10
  • Gipotezaning nechta turi bor
    Oddiy, murakkab, alternativ gipoteza
  •  10
  • Huquq normalarining amal qilishi sanab o'tilgan shart-sharoitlardan biriga bog'liq ekanligi bayon etilgan gipoteza qanday gipoteza
    Alternativ gipoteza
  •  10
  • Prezident O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig'ilishida qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab o'z avozimiga kirishgan hisoblanadi. Bu gipotezaning qaysi turiga misol bo'ladi
    Oddiy gipoteza
  •  15
  • Dispozitsiyaga ta'rif bering
    Unda gipotezada ko'rsatilgan holatlar mavjud bo'lganida huquq subyektlari rioya etishlari lozim bo'lgan xatti-harakat qoidasi ifodalangan
  •  10
  • Yurish-turish qoidasining ifodalanishiga ko'ra nechta turga bo'linadi
    Oddiy, murakkab, muqobil, tavsiflovchi, blanket, havola etuvchi dispozitsiya (6ta)
  •  15
  • Sanksiyaga ta'rif bering
    Dispozitsiyada ko'rsatilgan talabalarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin bo'lgan ta'sir chorasi
  •  10
  • Sanksiyaning nechta turi mavjud
    Mutlaq aniq, nisbatan aniq va kumulyativ sanksiyaga bo'linadi.
  •  15
  • Huquq normalari ularda mustahkamlangan qoidalarning xarakteriga qarab qanday turlarga bo'lingan
    Huquq va vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi va taqiqlovchi normalar
  •  15
  • Huquq normalari o'zida xatti-harakatni shakllantirishning mavhumligiga qarab qanday turlarga bo'linadi
    Abstrakt va kazuistik normalar
  •  20
  • Gipotezada mustahkamlangan holatning faktik jihatdan aniq va nisbiy ekanligiga qarab qanday turlarga bo'lingan
    Aniq va nisbiy aniq normalar
  •  15
  • Huquqiy tartibga solish usuliga ko'ra huquq normalari qanday turlarga bo'linadi
    Imperativ va dispozitiv
  •  15
  • Huquq normalari subyektlariga qarab qanday turlarga bo'linadi
    Umumiy va maxsus normalar
  •  15