Noma - xat, maktub ma'nolarini anglatib, yo'llangan maktublardan iborat bo'lgan adabiy janr.
20
Noma janrida yozilgan bir necha asarlar misolini keltiring.
"Muhabbatnoma", "Dahnoma", "Latofatnoma" ...
15
Ilk turkiy tilda yuzaga kelgan noma janridagi asar - ...
Xorazmiyning "Muhabbatnoma"si.
15
Hozirda "Muhabbatnoma"ning qanday nusxalari mavjud?
2 xil: eski-uyg'ur turk(hij.835; mil. 1432 yil) va arab(XVI asr boshida ko'chirilgan) yozuvidagi nusxalari mavjud va ikkisi ham Britaniya muzeyida saqlanadi.
25
Nizomiy Ganjaviyning "Xusrav va Shirin" dostonining turkiy tildagi tarjimasi - ...
Xorazmlik Qutbning "Xusrav va Shirin" nomli asari.
15
"Lison ut-tayr" qaysi asarga javoban yozilgan?
Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asari
15
"Lison ut-tayr"da qushlar manzilga nechta vodiyni bosib o'tib yetib oladilar va bu nimaning ramziy ifodasi edi?
7ta: talab, ishq, ma'rifat, istig'no, tavhid, hayrat, faqr-u fano vodiylarini. Bu tasavvufdagi yetti bosqichni anglatadi.
25
"Hayrat ul-abror" nechta maqolat va hikoyatdan iborat?
20 ta maqolat, 20 ta hikoyat.
10
Navoiy so'zlar haqidagi maqolatda so'zning buyukligini qaysi so'z bilan ifoda etadi?
"Kun" (bo'l, yaral) so'zi bilan.
20
"Hayrat-ul abror" dostonidan biror hikoyat keltiring!